Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
SamDPIning ikki nafar professor-o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Главная страница Событие
2025-10-20
6279

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Samarqand kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli qaroriga asosan ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni tarbiyalash hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun ikki nafar professor-o‘qituvchini mukofotladi.

Matematika kafedrasi mudiri Nasriddin Raximov va geografiya kafedrasi mudiri Feruza Hamroyevalar ta’lim sohasidagi samarali faoliyati, yosh kadrlarni tayyorlashdagi yuksak mas’uliyati va fidoyiligi uchun “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️ Mazkur e’tirof SamDPI jamoasining yurtimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlariga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь