Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Главная страница Событие
2025-10-18
7246

Samarqand davlat pedagogika institutida mamlakatimiz rahbarining ta’lim sohasiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari hamda mas’ul bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Unda bugungi kunga qadar ishga joylashmagan bitiruvchilar holati, ularning ishga joylashish jarayonida duch kelayotgan muammolar, shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida fakultetlar kesimida bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlari tahlil etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Rektor mas’ullarga bitiruvchilarning ishga joylashish jarayonini doimiy nazoratda saqlash, ularni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq band qilishga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь