Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasiga yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor tanishtirildi

Главная страница Назначение
2025-10-10
7348

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut rektori, professor Shahzoda Negmatova olib bordi.

Tadbir davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Abdurazzoqov Boburjon Sobirjon o‘g‘li Samarqand davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (v.b.) lavozimiga tayinlanganligi ma’lum qilindi.

Boburjon Abdurazzoqov shu vaqtgacha institutning Tillar fakulteti xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yig‘ilish yakunida rektor Shahzoda Negmatova yangi tayinlangan birinchi prorektorga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь