Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Samarqanddagi "Kasb-hunarga o‘qitish markazi" (KOICA) bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Событие
2025-06-17
5751

Seminarda O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rahbariyati vakillari, Samarqand "Kasb-hunarga o‘rgatish markazi" (KOICA) direktori hamda Keimyung universiteti professorlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida loyihaning amalga oshirilgan bosqichlari va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

2019–2021-yillar davomida KOICA va Keimyung College University hamkorligida umumiy qiymati 1,1 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirilgan loyiha 2025–2027-yillarda ham izchil davom ettiriladi.

Loyihaning uchinchi bosqichida VETIC+ markazi bilan hamkorlikda pedagoglarning malakasini oshirish, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь