Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutining bitiruvchi bosqich, yetakchilik qobiliyatiga ega talabalari bilan “Davlat xizmatiga dastlabki qadam” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

Событие
2025-05-20
7015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bo‘lim boshlig‘i Sardor Muhammadiyev hamda institut prorektori Noryigit Musulmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda bitiruvchi, yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga davlat fuqarolik xizmatidagi vakant lavozimlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ushbu lavozimlarga ariza topshirish tartibi vacancy.argos.uz yagona ochiq portalidan foydalanish orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi va davlat xizmatida faoliyat yuritishning imkoniyatlari, talab va mezonlari haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь