Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Samarqand viloyatida futbol sportiga alohida e'tibor qaratilmoqda

Событие
2025-04-08
6266

Bugun O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xusan To‘xtayev barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari va sport klublari raislari o‘rinbosarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalaridagi sport klublarida futbol yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Hokim o‘rinbosari tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasida futbol va futzal jamoalarini shakllantirish, ularni “Hokim kubogi” musobaqalari hamda ikkinchi liga bahslarida faol ishtirok ettirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sport boshqarmasi va viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida sohaga oid masalalarni hamjihatlikda hal etish, o‘zaro fikr almashish va muvofiqlashtirilgan qarorlar qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь