Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Главная страница
2025-03-07
4119

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova mas’ul xodimlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida qurilgan talabalar turar joyiga bordi.

U yerda rektor talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yashash muhiti, o‘quv jarayoni va bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish imkoniyatlari bo‘yicha talabalar bilan muloqot qildi. Ularning fikr va takliflari tinglandi, mavjud sharoitlar joyida baholandi.

Shuningdek, TTJning infratuzilmasi, jihozlangan o‘quv va dam olish xonalari, xavfsizlik va sanitariya talablari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь