Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Malayziyaning Perlis universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Международное сотрудничество Международная конференция
2025-01-08
3079

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Malayziyaning Perlis universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy tadqiqotlar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etishda tajriba almashish va o‘quv jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, kelgusida birgalikda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, treninglar tashkil qilish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 

Yakunda oliy o'quv yurtlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi memorandum imzolandi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь