Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Turkiyalik professor O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalariga dars o'tadi

Международное сотрудничество
2024-11-25
2733

Bugun institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Akbar Safarov, institut mas’ullari hamda Turkiyaning Egey universiteti professori Muhibullah Kirami Olgen ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda institutimizning Egey universiteti bilan o'zaro hamkorlik aloqalarining ramzi sifatida professor-o'qituvchilar almashinuvining yo'lga qo'yilganligi qayd etildi. Xususan, shu kungacha institutimizning geografiya ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalariga onlayn dars o'tib kelgan professor ularga kelgusi bir hafta davomida an'anaviy shaklda dars o'tishi ta'kidlandi.

Shuningdek, professor Muhibullah Kirami Olgen va institutimiz professor-o'qituvchilari hamkorligida ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish maqsad qilib olindi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь