Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Institut rektori yangi loyihalarning ijrosi bilan tanishib, muhim vazifalarni belgilab berdi

Главная страница Событие
2024-10-07
4279

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatovaning bugungi ish kuni har qachongidanda tig'iz bo'ldi.  Institut rektori yangi yo'lga qo'yilayotgan bir qator loyihalarning ijrosi bilan tanishdi. 

- Yangi tashkil etilayotgan "Aksilkorrupsiya kovorking" markazi bilan tanishib, uning kelgusidagi muhim vazifalarini belgilab berdi. 

 - Talabalarning muammolarini hal etish, ular tomonidan bildirilgan ko'plab takliflarni inobatga olgan holda tashkil etilayotgan "Registratsiya ofisi"da bo'lib, uning yoshlar uchun keng qulayliklar yaratishiga ishonch bildirdi.

- Qayta ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan talabalar turar joyida bo'lib, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi, ularning o'qishi, taklif va muammolari bilan qiziqdi. 

- Institutda tashkil etilayotgan "Steam laboratoriyasi"ni ko'zdan kechirib, uni tezroq foydalanishga topshirish yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. 

- Talabalarning foydalanishi uchun to'liq jihozlangan "Talabalar ovoz yozish studiyasi" da bo'lib, ushbu studiyani yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi, ularning erkin ijod qilishi uchun muhim imkoniyat ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, kelgusida ushbu ovoz yozish studiyasidan foydalangan holda institut radiosini ham tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Ushbu loyihalar haqida tez orada batafsil ma'lumot beramiz...

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь