Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Yangi o'quv yili - yangi imkoniyatlar

Главная страница Событие
2024-09-05
3520

Bugun O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova va institut mas'ullari ishtirokida yangi 2024-2025-o'quv yili uchun ilmiy, o'quv, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik holati yuzasidan yigʻilish bo'lib o'tdi. 

Unda talabalarni kutib olish, ularga "Mustaqillik darsi"ni sifatli tashkil etish,1-kurs talabalariga o'qish tizimi va  kredit-modul haqida individual ma'lumot berish, institut xodimlari va professor-o'qituvchilar uchun KPI tizimini joriy etish, yosh olimlarni qo'llab quvvatlash, ularni chet el oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o'tashi uchun imkoniyatlardan xabardor qilish kabi bir qator masalalar yuzasidan kelgusi vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, ta'lim sifatini nazorat qilish, kutubxonada talabalar uchun kerakli sharoitlarni tashkil etish, korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь