Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Payariq tumanida uchinchi "Ustozlar milliy forumi" bo'lib o'tdi

Главная страница Событие
2024-08-24
6694

Unda Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov, O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova, tumandagi 103 maktabning mas'ullari va o'qituvchilar ishtirok etdi. 

Forum doirasida tumanning o'tgan o'quv yilida erishgan yutuq va kamchiliklari atroflicha tahlil etildi. Xususan, endilikda tumandagi barcha maktablar va O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'rtasida tizimli ravishda ilmiy-pedagogik hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi. 

Institut rektori Shahzoda Negmatova maktablarda ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi yoshlarni fan olimpiadalariga qiziqtirish, ularni doimiy qo'llab quvvatlash, namunali maktablarning tajribasini joriy etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Shuningdek, sohada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan tajribali o'qituvchilarning bu boradagi qarashlari ham atroflicha muhokama etildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь