Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Maktab o'quvchilariga forma hamda o'quv qurollari topshirildi

Главная страница Событие
2024-08-24
6809

Bugun O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova maktab ta'limi bo'yicha institutga biriktirilgan Payariq tumanida bo'lib, bir qator uchrashuvlar o'tkazdi. 

Dastlab, Payariq tumanida 50 dan ortiq chin yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolajonlarga tumanning sahovatpesha tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov, institut rektori Shahzoda Negmatova,  boquvchisini yo'qotgan bolajonlar va ularni qaramog'iga olgan ota-onalar va boquvchilar ishtirok etdi. 

Bolajonlarga maktab formalari va o'quv qurollari topshirilib, ularga yangi o'quv yilida omad va muvaffaqiyat tilandi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь