Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yangi o'quv yilida maktablar bilan tizimli hamkorlikni yo'lga qo'yadi

Главная страница Событие
2024-08-23
7983

Kuni kecha Samarqand shahri Yoshlar markazi binosida uchinchi "Ustozlar Milliy forumi" bo'lib o'tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, shahar va tuman o'qituvchilari ishtirokida erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va maktablar o'rtasidagi hamkorlik masalasiga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Bugun ushbu belgilab berilgan vazifalarning ijrosini munosib ta'minlash, institut va unga biriktirilgan Oqdaryo va Payariq tumanlarining maktablari bilan tizimli hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy - kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev,  Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Xusan Toʻxtayev, O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda institut prorektorlari va dekanlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda mazkur jarayonni to'g'ri tashkil etish, maktablarni tahliliy o'rganish va muammolarga birgalikda yechim topish yuzasidan fikrlar almashildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь