Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari Samarqand viloyati hokimligi kadrlar zaxirasiga olinadi

Главная страница Событие
2024-06-04
4345

Bugun institutimizda Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy - kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev, Samarqand viloyat hokimining ta’lim masalalari boʻyicha maslahatchisi Saidahmad Usmonov, institut rektori Shahzoda Negmatova hamda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutini bitirayotgan rahbarlik va liderlik qobiliyatlariga ega boʻlgan iqtidorli talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Samimiy muloqot davomida bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi maqsadlari tinglandi. Shuningdek, oʻziga ishongan, bilimli, lider talabalar viloyat hokimligi zaxirasiga olinishi haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь