Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Dilshodbek Xudoyberdiyev Belgiyada stajirovka oʻtamoqda

Международное сотрудничество
2024-05-19
2227

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Dilshodbek Xudoyberdiyev Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Belgiyaning Gent Universitetining  "Ghent analysis and PDE Center" ilmiy markazida stajirovka o'tamoqda. 

Stajirovka dasturiga binoan, tadqiqotchi mazkur ilmiy markazda "Tebranuvchan integrallar", "Differensial tenglamalar" va "Mittag-Leffler funksiyasi va tatbiqlari" yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь