Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
"Kitoblar ovozsiz muallimdir" yoxud "Jimjitlik"dagi shovqin...

Событие
2024-04-27
4254

     Amir Temurning uchinchi o'g'li Mironshoh avlodlari boʻlgan Bobur Mirzoning avlodlari  Humoyun va Akbar haqida hikoya qiluvchi Pirimqul Qodirovning "Avlodlar dovoni" romani, O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Jimjitlik" asari talabalarning muhokama mavzusiga aylandi. 

     Amaliy matematika va fizika fakulteti xotin - qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi hamda fakultet tyutorlari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir kitobsevar talabalar uchun ayni muddao bo'ldi. 

     Yoshlarimiz ushbu asarlar yuzasidan o'zlarining turli fikrlar bildirar ekan, "Jimjitlik" romanidagi shovqin nima?" savoli kun tartibiga chiqdi. 

     Faol kitobxonlardan bo'lgan 110-guruh talabalari Sitora Samiyeva va Mohlaroyim Oripova bu savol yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, muhokamaga o'zgacha tus kiritdi. 

     Xo'sh, sizningcha, "Jimjitlik"dagi shovqin nima edi?

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь