Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti va Bishkek musiqa-pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Международное сотрудничество Международная конференция
2026-03-13
5690

Qirg‘iziston Respublikasining T. Ermatov nomidagi Bishkek musiqa-pedagogika instituti davlat tili va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Tamara Dildebek boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar almashinuvi hamda akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь