Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida startap ekotizimini rivojlantirish yangi bosqichga chiqmoqda.

Event
2026-02-16
5648

Joriy yil 10-fevral kuni institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Startap ekotizimini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusida eksklyuziv seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda venchur sohasining yetakchi ekspertlari, Raqamli texnologiyalar vazirligining Samarqand viloyati bo‘linmasi vakillari, IT Park Samarqand startap menejeri, O’zmilliybank AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mutaxassislari hamda Samarqand viloyati Startap biznes-inkubator va akselerator markazi hamkorlik qildi.
Seminar davomida biznes-reja tuzish, raqobat tahlili, investorlar bilan ishlash, samarali taqdimot ko‘nikmalari, grant va investitsiya farqi, loyiha konsepsiyasi hamda istiqbolli bozorlar kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda iqtidorli talabalar o‘z startap loyihalari bilan faol ishtirok etdi. “Home Edu” va “Sphere Travels” loyihalari ekspertlar e’tiborini qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow