Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” doirasida seminar-trening tashkil etildi

Main page
2026-02-16
5653

Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir bitiruvchilarni mehnat bozoriga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.
Seminarda Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Oʻzmilliybank AJ vakillari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartiblari, ta’lim kreditlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida amaliy ma’lumotlar berildi.
Mazkur seminar bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow