Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida obodonlashtirish ishlari ijrosi qat’iy nazoratda

Main page
2026-02-16
5638

Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun institut rahbari tomonidan tillar hamda ijtimoiy fanlar fakulteti hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy va xo‘jalik obyektlari holati ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida fakultetlarning o‘quv binolari hamda hudud infratuzilmasining holati atroflicha o‘rganildi.
Eslatib o‘tamiz, ishchi apparat yig‘ilishida belgilanganidek, haftaning har dushanba kuni institut hududida obodonlashtirish ishlari holatini o‘rganish, qurilish jarayonlari hamda ijtimoiy va xo‘jalik obyektlarini ko‘zdan kechirish kuni etib belgilangan.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow