Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Ikki buyuk siymoga ehtirom

Spiritual and educational event
2026-02-13
5582

Tillar fakultetida so‘z mulkining sultoni, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” nomli adabiy-badiiy, teatrlashtirilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ikki buyuk siymoning boy adabiy merosi, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari va milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi keng yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, Navoiy va Bobur ijodiga bo‘lgan yuksak ehtirom ifoda etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow