Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasiga davlat tashrifi – ikki do‘st xalq o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlovchi muhim qadamdir.

Main page
2026-02-11
6048

Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar siyosiy ishonch, iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi. Imzolangan bitimlar va memorandumlar savdo‑investitsiya aloqalarini kengaytiradi, transport va logistika yo‘nalishlarini rivojlantiradi hamda ilmiy va madaniy almashinuvlarni chuqurlashtiradi.
Davlatimiz rahbariga berilgan oliy unvonlar, “Toshkent” ko‘chasi va Bobur bog‘ining ochilishi – O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradi va tarixiy hamjihatlikni yodga soladi.
Ushbu tashrif – mustahkam hamkorlik, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib, O‘zbekistonning ishonchli va mas’uliyatli xalqaro sherik sifatidagi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor
Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow