Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Alisher Navoiy – ma’naviyatimiz timsoli!

Event
2026-02-10
6123

Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand shahridagi 53-umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabning 5-sinf o‘quvchilari, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Tillar fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning jahon adabiyotidagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan shoir ijodidan namunalar o‘qildi va qiziqarli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow