Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Hazrat Navoiyga yuksak ehtirom

Event
2026-02-09
6043

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida ertalabdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ijodkorlar, talaba-yoshlar hamda o‘quvchilar jam bo‘ldi.
Bog‘ markazida qad rostlagan buyuk mutafakkir haykali poyida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqanlar Hazrat Navoiyning hayoti va ijodi, uning boy adabiy-ma’naviy merosi hamda yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Ta’kidlanganidek, Navoiy asarlari insoniyat ma’naviy xazinasining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ulug‘ adib tavalludi nafaqat yurtimizda, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng nishonlanmoqda. Tadbir davomida shoirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.
Yakunda tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, buyuk alloma xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow