Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPI rektori ishtirokida PRESETT dasturi doirasida CPD madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

International cooperation International Conference Main page
2026-01-29
5897

Ayni kunlarda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press and Assessment hamkorligida tashkil etilgan PRESETT Leadership Programme doirasidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida yetakchi murabbiy Dr Darren Perrett tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari uchun CPD (uzluksiz kasbiy rivojlanish) madaniyatini shakllantirish mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Dasturning to‘rtinchi kunida barqarorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘z ta’lim muassasalari uchun CPD ekotizimlarini loyihalash jarayonida ishtirok etdilar. Ushbu ekotizimlar mentorlik, hamkasblar darslarini kuzatish (peer observation) hamda amaliyot hamjamiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, tuzilmaviy networking forumlari orqali rahbarlar mintaqa bo‘ylab CPD strategiyalarini o‘zaro muhokama qilish, tajriba almashish hamda Buyuk Britaniyadagi hamkorlar bilan kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Mentorlik doiralari esa uzoq muddatli hamkasblar o‘rtasida mas’uliyat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Loyihalash orqali ta’sir”
 (Impact by Design) yondashuvi CPD tuzilmalarini muassasaning boshqaruv tizimiga integratsiya qilish hamda ularni doimiy hamkasblar yordami asosida barqaror tarzda davom ettirish orqali amalga oshiriladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow