Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Muvaffaqiyat sirlari. Startap!

Event
2026-01-26
6003

Samarqand davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darslari” izchil davom etmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shodiyor Sultonov tomonidan o‘tkazildi.
Dars jarayonida dunyoga mashhur 5 nafar startaperning muvaffaqiyat yo‘li, INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki faoliyati, shuningdek, AQShda faoliyat yuritayotgan Akmal Payziyevning startap evolyutsiyasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng startaplar va ixtirolarga oid qiziqarli va motivatsion videoroliklar namoyish etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow