Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPI akademik litseyida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Event
2026-01-24
5809

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi vakillari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Akademiya o‘qituvchisi, mayor M. Boyxo‘rozov, Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori T. Abdumannonov hamda Akademiya kursantlari qatnashdilar.
Uchrashuv davomida Favqulodda vaziyatlar akademiyasiga qabul tartibi, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari, yaratilgan shart-sharoitlar va bitiruvchilar uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam bo‘yicha muhim tushunchalar, hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow