Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishning huquqiy asoslari

Event
2026-01-24
5973

Samarqand davlat pedagogika institutida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Navbahor Tursunova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning turlari, bunday holatlarni barvaqt aniqlash mexanizmlari hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan huquqiy himoya choralariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sud amaliyotida uchrayotgan real holatlar misolida zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik tamoyilini shakllantirishning muhim ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda mavzu yuzasidan fikr almashildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow