Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
San’at va ma’rifat fidoyilariga ehtirom

Main page Spiritual and educational event
2026-01-16
6753

San’at — xalqning ruhiy olami, tarixiy xotirasi va estetik tafakkurini mujassam etgan bebaho boylikdir. Ushbu boylikni ilmiy asosda o‘rganish hamda uni avloddan avlodga yetkazish san’atshunos olimlar zimmasidagi muhim va mas’uliyatli vazifadir.

Samarqand davlat pedagogika institutida san’atshunoslik fanining rivojiga sermazmun ilmiy izlanishlari, boy tajribasi va samarali pedagogik faoliyati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan san’atshunoslik nomzodi, dotsent Xamza Jo‘rayevning 75 yillik hamda musiqa pedagogikasi sohasining yetuk vakillaridan biri — professor Ismatilla Qudratovning 70 yillik yubileylari munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Yubiley tadbirida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova ishtirok etib, faxriy ustozlarni samimiy qutlab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Rektor tomonidan ustozlarning ilm-fan va pedagogika sohasidagi samarali faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi hamda yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar har ikkila ustozlarimizning kasbiy faoliyati va insoniy fazilatlari haqida iliq fikrlar bildirdilar. Institutning iqtidorli yoshlari tomonidan taqdim etilgan badiiy-konsert dasturi esa tadbirga bayramona ruh va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow