Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida 5-sonli talabalar turar joyi holati tanqidiy o‘rganildi

Main page
2026-01-14
5650

Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun institut rektori 5-sonli talabalar turar joyini tanqidiy o‘rgandi.

Jarayonda talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Xususan, yashash xonalari, oshxona hamda yuvinish xonalari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabalar turar joyi komendantiga tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz: ishchi apparat yig‘ilishida belgilanganidek, haftaning har chorshanba kuni talabalar turar joylari va ijara xonadonlari faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish kuni etib belgilangan.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow