Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Hurmatli Vatan himoyachilari!

Main page
2026-01-14
5620

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Aziz yurtimiz posbonlari, Vatan himoyachilari – Sizlarning jasoratli va fidoyi xizmatlaringiz tufayli yurtimiz tinch, xalqimiz esa osoyishta hayot kechirmoqda. Sarhadlarimizni himoya qilishdagi mehnatingiz va mas’uliyatingiz yuqori hurmatga loyiqdir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-quvvat, oilaviy baxt va mashaqqatli, ammo sharafli ishlaringizda doimo omad yor bo‘lishini tilayman. Ko‘rsatayotgan fidoyiligingiz hamda matonatingiz oldida hamisha ta’zimdamiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova
O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati,
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow