Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI

Event
2026-01-12
6273

Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston XDP Samarqand shahar Kengashi deputati, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tomonidan o‘tkazilib, unda Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan strategik maqsad va vazifalar ta’lim tizimi, ayniqsa pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, seminar davomida Murojaatnomada bayon etilgan g‘oya va tashabbuslarni institut faoliyatiga tizimli ravishda joriy etish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow