Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova institut talabalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Main page
2025-12-22
6498

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning amaliy natijalari xususida atroflicha so‘z yuritildi. Rektor talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot olib borib, ularning muammolari, fikr-mulohazalari va takliflarini diqqat bilan tingladi.

Muloqot jarayonida ko‘tarilgan masalalar institutning tegishli bo‘limlari tomonidan tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv ta’lim sifati va institutdagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, talabalar duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, ochiq muloqot talabalar ijtimoiy faolligini oshirish, konstruktiv fikr almashuvini yo‘lga qo‘yish hamda institut rahbariyati bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Rektor va talabalar o‘rtasidagi ushbu uchrashuv institut jamoasining birdamligini namoyon etib, ta’lim muassasasi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow