Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Event
2025-12-20
6201

Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar-trening “Tabiiy fanlar”ni o‘qitish hamda PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida o‘qituvchilarni ilmiy-metodik jihatdan tayyorlash masalalariga bag‘ishlandi. Seminar-trening dotsent Barno Amirullayeva tomonidan olib borildi.
Seminar-trening “Tabiiy-ilmiy savodxonlik: hodisalarni ilmiy nuqtayi nazardan tushuntirish, tadqiqot dizaynini baholash hamda ilmiy dalillarga asoslanib xulosa chiqarish” mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, savodxonlikning turli yo‘nalishlarini yagona 
STEAM loyihasi doirasida integratsiya qilish bo‘yicha kichik loyihalar ishlab chiqdilar hamda ularni muhokama qildilar.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu seminar-treninglar “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, mavzular mazmunidan kelib chiqib malakali trenerlar jalb etilmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow