Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi

Event
2025-12-17
5750

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

Dastur doirasida “O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, ijtimoiy axloq, rahbar ma’naviyati va kasb etikasi, milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Mazkur o‘quv kursida Samarqand davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov ham faol ishtirok etmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow