Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Kuzgi semestr yakunida ta’lim sifati va imtihonlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Event
2025-12-16
5902

Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov hamda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev tabiiy fanlar fakulteti mas’ullari ishtirokida 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri yakunida o‘tkaziladigan oraliq va yakuniy nazorat jarayonlariga tayyorgarlik holatini o‘rganishdi.

Uchrashuv davomida dars jarayonlari, talabalar davomatining holati, imtihonlarga tayyorgarlik darajasi, shuningdek, laboratoriyalar va o‘quv auditoriyalarining holati tahlil qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow