Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar oldi

Main page
2025-12-09
6116

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi "Bog‘isaroy" MFY hududidagi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida rektor xonadonlarning umumiy holati, qulayligi, yong‘in xavfsizligi talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, issiqlik ta’minoti hamda elektr va gaz tizimlarining xavfsizligini o‘rgandi.

Shuningdek, Shahzoda Negmatova talabalar bilan suhbatlashib, ularning mavjud muammolari va takliflarini tingladi.

Yakunda rektor mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, talabalar uchun yanada xavfsiz va sog‘lom yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow