Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Main page Sport
2025-12-09
2126

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada ko‘plab yoshlar respublika, Osiyo va jahon arenalarida yuksak natijalarga erishib, mamlakatimiz nufuzini yuksaltirmoqda.

Shu maqsad va tamoyillar asosida Samarqand davlat pedagogika institutida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Rektor kubogi” sport musobaqalarining navbatdagi ochilish marosimi tantanali ruhda o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet jamoalari, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan institut rektori, professor Shahzoda Negmatova sportning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, uning jismoniy baquvvatlik va intellektual faollikni oshirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, musobaqalar talabalarda iroda, matonat, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashi, institutda sog‘lom raqobat muhiti va sport an’analarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tadbir davomida institut sportchilari tomonidan so‘nggi yillarda erishilgan muvaffaqiyatlar e’tirof etilib, ularning yutuqlari boshqa talabalar uchun ibrat namunasi ekani ta'kidlandi. Musobaqaning ochilishi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, yakunda ishtirokchilarga g‘alaba va muvaffaqiyatlar tilandi.

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow