Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Tabiiy fanlar fakultetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Event Сorruption
2025-12-05
5977

Tabiiy fanlar fakultetida talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Tadbirda SamDPI rahbariyati vakillari, fakultet jamoasi hamda talabalarning ota-onalari qatnashdi.

Uchrashuv davomida farzandlarining ta’limi va kelajagiga befarq bo‘lmay, ularga doimiy qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatib kelayotgan ota-onalarga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan mutasaddilar ota-onalarga institutda ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlanmalar, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan ilmiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, talabalarning davomatini muntazam kuzatish, ularning dars jarayonlaridagi faolligi, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va tarbiyaviy yo‘nalishdagi ishlar borasida ham muhim ma’lumotlar yetkazildi.

Tadbir yakunida namunali xulqi, a’lo o‘zlashtirishi va institutning ma’naviy-ma’rifiy hayotida faolligi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor etilib, ularga “Tashakkurnoma”lar tantanali ravishda topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow