Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Inklyuziya – imkonlar ittifoqi!

Spiritual and educational event Event Main page
2025-12-03
6108

Samarqand davlat pedagogika institutida 3-dekabr – "Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni" munosabati bilan “Inklyuziya – imkonlar ittifoqi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova, Turkiyaning Anadolu universiteti delegatsiyasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Samarqand shahridagi 61-maxsus maktab-internatining eshitish imkoniyati cheklangan o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Dastlab institut rektori Shahzoda Negmatova tadbirni ochib berib, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, sana munosabati bilan barchaga ruhiy dalda bo‘luvchi ezgu fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng turkiyalik mehmonlar o‘z nutqlarida yurtimizda inklyuziv ta’lim tizimi izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, aslida har bir inson teng imkoniyatlarga egaligi hamda har bir shaxs ma’lum bir yo‘nalishda o‘ziga xos qobiliyatlarga ega ekanini alohida qayd etdilar.

Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, shuningdek, davlatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlarda maxsus ta’limga oid bandlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida institut talabalari hamda maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow