Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPIda “Ekspert kengashi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Main page
2025-11-29
6099

Samarqand davlat pedagogika institutida dissertatsiya ishlarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha “Ekspert kengashi”ning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Institut huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli ilmiy kengashda himoya qilinishi rejalashtirilgan attestatsiya ishlarini ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga tavsiya etishdan avval dastlabki ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.  

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, “Ekspert kengashi”ning tashkil etilishi, uning bajaradigan vazifalari hamda kutilayotgan natijalari haqida fikrlarini bildirib, kengash faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow