Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Pedagogika fakultetida ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Сorruption
2025-11-28
6061

Pedagogika fakultetida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodov hamda pedagogika fakulteti dekani Maxmud Ashurovlar talabalarga “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, do‘stona muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmatni mustahkamlash, zo‘ravonlikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazdilar.

Tadbir davomida talabalarga jamoada sog‘lom psixologik muhit yaratish, o‘zaro tinglash va hurmat madaniyatiga rioya qilish, ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda korrupsiya holatlariga chek qo‘yishga doir muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar yetkazildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow