Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Ta’limga baxshida umr: Ilhomjon Suvonqulov — 70 yoshda!

Event
2025-11-28
6018

Samarqand davlat pedagogika institutida aniq va amaliy fanlar fakulteti, tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi Suvonqulov Ilhomjon Shahobiddinovichning 70 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. 

Tadbirda institut rahbariyati vakillari ishtirok etib, rektor Shahzoda Negmatovaning tabrigi o‘qib eshittirildi. 

Yubiley davomida ustozning qariyb yarim asrlik mehnat faoliyati, ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlari, chop etgan ilmiy adabiyotlari hamda shogirdlariga bergan bebaho bilimlari yuksak e’tirof etildi. Ustozning chizma geometriya, chizmachilik va muhandislik grafikasi sohasidagi fidokorona mehnati, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdagi xizmatlari alohida ta'kidlandi. 

Institut jamoasi nomidan Ilhomjon Suvonqulovni muborak 70 yoshi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ustozga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yuksak zafarlar tilaymiz. Umringiz uzoq, martabangiz doimo baland bo‘lsin!

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow