Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Talabalar “Geografiya maydoni” bilan tanishdi

Event
2025-11-21
6028

Samarqand davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasining 4-bosqich talabalari Qarshi davlat universitetining yaqinda foydalanishga topshirilgan “Geografiya maydoni” o‘quv-amaliyot markazi bilan tanishishdi.

Mazkur maydonda astronomiya, meteorologiya, geologiya, gidrologiya va topografiyaga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkonini beruvchi turli o‘quv qurollari joylashtirilgan. Talabalar quyosh balandligini aniqlash, ob-havo ko‘rsatkichlarini kuzatish, yer yuzasi tuzilishini o‘rganish kabi jarayonlarni bevosita amaliyotda sinab ko‘rishdi.

Tashrif davomida talabalarning geografiya faniga oid tasavvurlari yanada boyidi, amaliy bilimlarini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow