Contact us right now: +998958268212

Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti talabalarining Giresun shahrida tahsil olish uchun qabul kvotalari oshiriladi

International cooperation International Conference Main page
2025-11-20
6355

Ayni kunlarda xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turgan Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi rahbari, institut rektori professor Shahzoda Negmatova Giresun viloyati hokimi Mehmet Fatih Serdengeçti bilan uchrashdi.

Suhbat davomida viloyat hokimi Giresun davlat universiteti bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik doirasidagi barcha imkoniyatlardan samarali foydalanilishini ta’kidlab, Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari ushbu viloyatda tahsil olishi uchun qabul kvotalari oshirilishini ma’lum qildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow