Contact us right now: +998958268212

Follow
Yangiliklar
Boshim uzra hilpirab tur, O‘zbekiston bayrog‘i

Event Сorruption
2025-11-18
6402

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida pedagogika fakulteti talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbir “Boshim uzra hilpirab tur, O‘zbekiston bayrog‘i” shiori ostida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston bayrog‘idagi ranglar va ramzlarning tarixiy ildizlari hamda ularning ma’naviy mazmuni haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan she’rlar, vatanparvarlik qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow