Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi xalqaro hamkorlik doirasida Turkiyaning Ordu hamda Giresun universitetlarida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

International cooperation International Conference Main page
2025-11-18
6287

Hozirda, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova hamda Ordu universiteti rektori, professor Orhan Bash ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga oid keng doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. 

Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator strategik yo‘nalishlar yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, institutimizda Ordu universiteti tomonidan tashkil etilgan “Turk tili markazi” faoliyatini kengaytirish, ushbu markazda nafaqat turk tilini o‘rgatish, balki til sertifikatlarini berish bo‘yicha imtihon jarayonlarini tashkil etish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, o‘zaro talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, kelgusi o‘quv yilidan SamDPI talabalari uchun alohida ta’lim kvotalarini ajratish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha ham tomonlar o‘zaro fikr almashib, kelishuvga erishdilar.

Bundan tashqari, madaniyatlar almashinuvi doirasida qishki va yozgi maktablar tashkil etish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

Talabalar almashinuvi magistratura va tayanch doktorantura bosqichlari uchun tatbiq etilishi belgilandi. Shu bilan birga, san’atshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun ham o‘zaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow