Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Ayni kunlarda Buxoro davlat texnika universitetida “Turkiya va Oʻzbekistonda oilani mustahkamlashga asoslangan davlat siyosati” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda

Event
2025-11-18
6220

Anjumanda Turkiya davlatining faxriy mehmonlari, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan olima ayollar ishtirok etmoqda.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — ikki davlat tajribasi asosida oilani mustahkamlash, gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga doir samarali g‘oyalar almashishdir.

Konferensiyada Samarqand davlat pedagogika institutining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ozoda Anorqulova “Talaba-qizlarning ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda inklyuziv ta’limning pedagogik imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow