Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar va talabalar!

Main page
2025-11-18
6031

Sizlarni 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tabriklayman.

Davlat bayrog‘i – xalqimizning tarixiy xotirasi, mustaqilligimiz, tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi intilishlarimizning yorqin ramzidir. Uning hilpirashi barchamizni yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yanada mas’uliyatli va fidokor bo‘lishga undaydi.

Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi ham ushbu ulug‘ sanani chuqur faxr va g‘urur bilan nishonlaydi. Barchangizga sog‘lik, muvaffaqiyat, bunyodkorlik ruhidagi ishlaringizda yuksak natijalar tilayman.

Bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, yurtimiz osmoni musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow